Energetik vositalarda CFD bitimlarining hisoblanish misoli
Brent markali neft
Brent markali neft bo'yicha 1 barreli uchun 110 $ narxida 1 lot hajmli bitim ochildi. Bitim parametrlari jadvalda ko'rsatilgan:
Tiker | 1 ta Lot hajmi | Garov, $ (marja, %) | Punkt qiymati | Tik hajmi | 1 ta lot uchun punkt narxi, $ | Spred | +/- 100 punkt, $ |
---|---|---|---|---|---|---|---|
BRN | 1000 barrel | 1100 $ (1%) | 0.01 | 0.01 | 10 | 4 dan boshlab | +/- 1000 |
BRN - Brent Crude Oil (Brent markali neft) vositasi bo'yicha bitimni amalga oshirish misoli
Treyder BRN - Brent Crude Oil (Brent markali neft) vositasi bo'yicha 1 barreli uchun 110$ narxida 0.1 lot bitimni amalga oshirishni istaydi.
Standart lotning hajmi 1000 barrelni tashkil etadi. 0.1 lot sotib olishda bitimning hajmi 100 barrelni tashkil etadi.
100 barrel neftning nominal narxi: 110$ * 100 = 11000$ ni tashkil etadi. Bu, treyderga joriy bozor narxida 100 barrelni jismoniy sotib olish uchun kerak bo'ladigan miqdor. CFD vositalari bilan savdo qilishning afzalligi shundaki, treyder o'zi savdo qilayotgan tovarning to'liq narxini to'lashi shart emas. CFD vositalari bo'yicha bitimining maqsadi har qanday aktivga jismoniy egalik qilish emas, balki bozor narxi qiymatining o'zgarishidan foyda olish. Bunday bitimni amalga oshirish uchun faqatgina kerakli garovni kiritish talab qiladi.
Neft uchun garov miqdori (marjinal talab) bitim hajmining nominal narxining 1% ini tashkil etadi, ya'ni 11000$ * 1% = 110$.
BRN - Brent Crude Oil (Brent markali neft) vositasi bo'yicha minimal narx o'zgarishi (punkt o'lchami) = 0,01$, ya'ni 1 sent. 0.1 hajmdagi (100 barrel) neftni sotib olishdagi 1$ dagi narx ko'tarilishi bizga 0.01 * 100 * 100 = 100$ daromad keltiradi.
Shunday qilib, neft 0,1 lot bilan sotib olinganda, 10 punktga o'sish 10$, 100 punktga o'sish esa 100$ foyda beradi.
Demak, 0,1 lotdagi neftni 110 $ ga sotib olib, uni, aytaylik, 120 $ ga sotish orqali treyder bir barrel uchun 120 – 110 = 10 $ foyda oladi. 0.1 lot - 100 barrel bo'lganligi uchun, JAMI FOYDA 10$ * 100 = 1000$ ni tashkil etadi.
Mazut
Mazut bo'yicha 1 gallon uchun 3 $ narxida 1 lot hajmli bitim ochildi. Bitim parametrlari jadvalda ko'rsatilgan:
Tiker | 1 ta Lot hajmi | Garov, $ (marja, %) | Punkt qiymati | Tik hajmi | 1 ta lot uchun punkt narxi, $ | Spred | +/- 100 punkt, $ |
---|---|---|---|---|---|---|---|
HO | 42000 gallon | 1260 $ (1%) | 0.0001 | 0.0001 | 4,2 | 21 dan boshlab | +/- 420 |
HO – Heating Oil (Mazut) vositasi bo'yicha bitimni amalga oshirish misoli
Treyder HO – Heating Oil (Mazut) vositasi bo'yicha 1 galloni uchun 3$ narxida 0.1 lot bitimni amalga oshirishni istaydi.
Standart lotning hajmi 42000 gallonni tashkil etadi. 0.1 lot sotib olishda bitimning hajmi 4200 gallonni tashkil etadi.
4200 gallon mazutning nominal narxi: 3$ * 4200 = 12600$ ni tashkil etadi. Bu, treyderga joriy bozor narxida 4200 gallon mazutni jismoniy sotib olish uchun kerak bo'ladigan miqdor. CFD vositalari bilan savdo qilishning afzalligi shundaki, treyder o'zi savdo qilayotgan tovarning to'liq narxini to'lashi shart emas. CFD vositalari bo'yicha bitimining maqsadi har qanday aktivga jismoniy egalik qilish emas, balki bozor narxi qiymatining o'zgarishidan foyda olish. Bunday bitimni amalga oshirish uchun faqatgina kerakli garovni kiritish talab qiladi.
Mazut uchun garov miqdori (marjinal talab) bitim hajmining nominal narxining 1% ini tashkil etadi, ya'ni 12600$ * 1% = 126$.
HO – Heating Oil (Mazut) vositasi bo'yicha minimal narx o'zgarishi (punkt o'lchami) = 0,0001$, ya'ni 0,01 sent. 0.1 hajmdagi (4200 gallon) mazutni sotib olishdagi 0,01$ dagi narx ko'tarilishi bizga 0.0001 * 100 * 4200 = 42$ daromad keltiradi.
Shunday qilib, mazut 0,1 lot bilan sotib olinganda, 10 punktga o'sish 4,2$, 100 punktga o'sish esa 42$ foyda beradi.
Demak, 0,1 lotdagi mazutni galloni uchun 3$ ga sotib olib, uni, aytaylik, 3.0100$ ga sotish orqali treyder bir gallon uchun 3,0100 – 3.0000 = 0.01$ foyda oladi. 0.1 lot - 4200 gallon bo'lganligi uchun, JAMI FOYDA 0,01$ * 4200 = 42$ ni tashkil etadi.
Tabiiy gaz
Tabiiy gaz bo'yicha 1 million britaniya termal birliklari uchun 3,753$ narxida 1 lot hajmli bitim ochildi. Bitim parametrlari jadvalda ko'rsatilgan:
Tiker | 1 ta Lot hajmi | Garov, $ (marja, %) | Punkt qiymati | Tik hajmi | 1 ta lot uchun punkt narxi, $ | Spred | +/- 100 punkt, $ |
---|---|---|---|---|---|---|---|
NG | 10000 million britaniya termal birliklari | 3002,4 $ (8%) | 0.001 | 0.001 | 10 | 0,3 dan boshlab | +/- 1000 |
NG - Henry Hub Natural Gas (Tabiiy gaz) vositasi bo'yicha bitimni amalga oshirish misoli
Treyder NG - Henry Hub Natural Gas (Tabiiy gaz) vositasi bo'yicha 1 million britaniya termal birliklari (mln. br. term. bir.) uchun 3.753$ narxida 0.1 lot bitimni amalga oshirishni istaydi.
Standart lotning hajmi 10000 mln. br. term. bir. ni tashkil etadi. 0.1 lot sotib olishda bitimning hajmi 1000 mln. br. term. bir. ni tashkil etadi.
1000 mln. br. term. bir. gazning nominal narxi: 3.753$ * 1000 = 3753$ ni tashkil etadi. Bu, treyderga joriy bozor narxida 1000 million britaniya termal birliklari hajmidagi tabiiy gazni jismoniy sotib olish uchun kerak bo'ladigan miqdor. CFD vositalari bilan savdo qilishning afzalligi shundaki, treyder o'zi savdo qilayotgan tovarning to'liq narxini to'lashi shart emas. CFD vositalari bo'yicha bitimining maqsadi har qanday aktivga jismoniy egalik qilish emas, balki bozor narxi qiymatining o'zgarishidan foyda olish. Bunday bitimni amalga oshirish uchun faqatgina kerakli garovni kiritish talab qiladi.
Gaz uchun garov miqdori (marjinal talab) bitim hajmining nominal narxining 8% ini tashkil etadi, ya'ni 3753$ * 8% = 300,24$.
NG - Henry Hub Natural Gas (Tabiiy gaz) vositasi bo'yicha minimal narx o'zgarishi (punkt o'lchami) = 0,001$, ya'ni 0,1 sent. 0.1 hajmdagi (1000 mln. br. term. bir.) gazni sotib olishdagi 0,1$ dagi narx ko'tarilishi bizga 0.001 * 100 * 1000 = 100$ daromad keltiradi.
Shunday qilib, tabiiy gaz 0,1 lot bilan sotib olinganda, 10 punktga o'sish 10$, 100 punktga o'sish esa 100$ foyda beradi.
Demak, 0,1 lotdagi gazni 1 million britaniya termal birliklari uchun 3.753$ ga sotib olib, uni, aytaylik, 3.853$ ga sotish orqali treyder 1 mln. br. term. bir. uchun 3.853 – 3.753 = 0,1$ foyda oladi. 0.1 lot - 1000 mln. br. term. bir. bo'lganligi uchun, JAMI FOYDA 0,1$ * 1000 = 100$ ni tashkil etadi.