Rubl bilan valyuta juftliklari bo'yicha hisob-kitoblar misoli
AQSh dollari / Rossiya rubli
AQSH dollari/Rossiya rubli valyuta juftligi boʻyicha 1 dollar uchun 32,81 rubl narxda 1 lot hajmdagi bitim ochildi. Bitim parametrlari jadvalda ko'rsatilgan:
Tiker | 1 ta Lot hajmi | Garov, $ (marja, %) | Punkt qiymati | Tik hajmi | 1 ta lot uchun punkt narxi, $ | Spred | +/- 100 punkt, $ |
---|---|---|---|---|---|---|---|
USDRUB | 100000 $ | 500 $ (0.5%) | 0.0001 | 0.0001 | 0.30 | 110 dan boshlab | +/- 30 |
USD/RUB – AQSh dollari/Rossiya rubli vositasi orqali bitim tuzish misoli
Treyder 1 AQSh dollari uchun 32,81 rubldan USD/RUB – AQSH dollari/Rossiya rubli vositasida 0,1 lotni sotib olish uchun bitim tuzmoqchi. Standart lot hajmi 100 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Agar 0,1 hajmdagi lot sotib olinsa, bitim hajmi 10 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Bitimning nominal qiymati 10 000$ ni tashkil qiladi. Bu, treyderga joriy bozor narxida 10 000 AQSh dollarini jismoniy sotib olish uchun kerak bo'ladigan miqdor. CFD vositalari bilan savdo qilishning afzalligi shundaki, treyder o'zi savdo qilayotgan tovarning to'liq narxini to'lashi shart emas. CFD vositalari bo'yicha bitimining maqsadi har qanday aktivga jismoniy egalik qilish emas, balki bozor narxi qiymatining o'zgarishidan foyda olish. Bunday bitimni amalga oshirish uchun faqatgina kerakli garovni kiritish talab qiladi.
10 000 AQSh dollar uchun garov miqdori (marjinal talablar) bitim hajmining nominal qiymatining 0,5% ni tashkil qiladi, ya'ni: 10 000$ * 0,5% = 50 dollar.
USD/RUB vositasi uchun minimal narx o'zgarishi (punkt o'lchami) - AQSh dollari/Rossiya rubli = 0,0001 rubl = 0,01 kopeyka. 0,1 (10 000 AQSh dollari) hajmdagi savdoda narxning 0,01 rublga (100 punktga) oshishi bizga (0,0001 * 100 * 10000) / 32,81 = 3$ foyda keltiradi.
Shunday qilib, AQSh dollarini 0,1 lot bilan rublga sotib olinganda, 10 punktga o'sish 0,3$, 100 punktga o'sish esa 3$ foyda beradi.
Shunday qilib, 0,1 lot bilan rublga AQSh dollarini 32,81 rubldan sotib olib, uni, aytaylik, 32,91 rublga sotish orqali treyder 32,91 – 32,81 = 0,1 rubl miqdorida foyda oladi (1000 punkt). Chunki, 0,1 lot - bu 10 000 AQSH dollari, shuning uchun JAMI FOYDA 0,1 rubl * 10000 = 1000 rubl. = 30,48$ ni tashkil qiladi.
Yevro / Rossiya rubli
Yevro/Rossiya rubli valyuta juftligi boʻyicha 1 yevro uchun 44,38 rubl narxda 1 lot hajm ochildi. EUR/USD valyuta juftligining taxminiy kursi 1,3750 ni tashkil qiladi. Bitim parametrlari jadvalda ko'rsatilgan:
Tiker | 1 ta Lot hajmi | Garov, $ (marja, %) | Punkt qiymati | Tik hajmi | 1 ta lot uchun punkt narxi, $ | Spred | +/- 100 punkt, $ |
---|---|---|---|---|---|---|---|
EUR/RUB | 100000 € | 687,5 $ (0.5%) | 0.0001 | 0.0001 | 0.30 | 130 dan boshlab | +/- 30 |
EUR/RUB – yevro/Rossiya rubli vositasi orqali bitim tuzish misoli
Treyder 1 yevro uchun 44,38 rubldan EUR/RUB – yevro/Rossiya rubli vositasida 0,1 lotni sotib olish uchun bitim tuzmoqchi. Standart lot hajmi 100 000 yevroni tashkil qiladi. Agar 0,1 hajmdagi lot sotib olinsa, bitim hajmi 10 000 yevroni tashkil qiladi.
Bitimning nominal qiymati (EUR/USD valyuta juftligining taxminiy kursi 1,3750 bo'lganda) 13 750$ tashkil qiladi. Bu, treyderga joriy bozor narxida 10 000 yevroni jismoniy sotib olish uchun kerak bo'ladigan miqdor. CFD vositalari bilan savdo qilishning afzalligi shundaki, treyder o'zi savdo qilayotgan tovarning to'liq narxini to'lashi shart emas. CFD vositalari bo'yicha bitimining maqsadi har qanday aktivga jismoniy egalik qilish emas, balki bozor narxi qiymatining o'zgarishidan foyda olish. Bunday bitimni amalga oshirish uchun faqatgina kerakli garovni kiritish talab qiladi.
10 000 yevro uchun garov miqdori (marjinal talablar) bitim hajmining nominal qiymatining 0,5% ni tashkil qiladi, ya'ni: 13750$ * 0,5% = 68,75$.
EUR/RUB vositasi uchun minimal narx o'zgarishi (punkt o'lchami) - yevro/Rossiya rubli = 0,0001 rubl = 0,01 kopeyka. 0,1 (10 000 yevro) hajmdagi savdoda narxning 0,01 rublga (100 punktga) oshishi bizga (0,0001 * 100 * 10000) / 32,81 = 3$ foyda keltiradi.
Shunday qilib, yevroni 0,1 lot bilan rublga sotib olinganda, 10 punktga o'sish 0,3$, 100 punktga o'sish esa 3$ foyda beradi.
Shunday qilib, 0,1 lot bilan rublga yevroni 44,38 rubldan sotib olib, uni, aytaylik, 44,48 rublga sotish orqali treyder 44,48 – 44,38 = 0,1 rubl miqdorida foyda oladi (1000 punkt). Chunki 0,1 lot - bu 10 000 yevro, shuning uchun JAMI FOYDA 0,1 rubl * 10000 = 1000 rubl = $30,48 ni tashkil qiladi (EUR/USD valyuta juftligining taxminiy kursi 1,3750 bo'lsa)