CFD bo'yicha mettallar uchun bitimlar hisob-kitobi misoli
Mis
Mis bo'yicha 1 funt uchun 3.2060 $ narxida 1 lot hajmli bitim ochildi. Bitim parametrlari jadvalda ko'rsatilgan:
Tiker | 1 ta Lot hajmi | Garov, $ (marja, %) | Punkt qiymati | Tik hajmi | 1 ta lot uchun punkt narxi, $ | Spred | +/- 100 punkt, $ |
---|---|---|---|---|---|---|---|
HG | 25000 funt | 3206 $ (4%) | 0.0001 | 0.0005 | 2.5 | 20 dan boshlab | +/- 250 |
HG - Copper (Mis) vositasi bo'yicha bitim tuzish misoli.
Treyder HG - Copper (Mis) vositasi bo'yicha 0.1 lot hajmda, 1 funt uchun 3.2060$ narxda sotib olish bitimini amalga oshirmoqchi.
Standart lotning hajmi 25000 funtni tashkil etadi. Agar 0,1 hajmdagi lot sotib olinsa, bitim hajmi 2500 funtni tashkil qiladi.
2500 funt misning nominal narxi: 3.2060$ * 2500 = 8015$ ga teng bo'ladi.
Bu, treyderga joriy bozor narxida 2500 funt misni jismoniy sotib olish uchun kerak bo'ladigan miqdor. CFD vositalari bilan savdo qilishning afzalligi shundaki, treyder o'zi savdo qilayotgan tovarning to'liq narxini to'lashi shart emas. CFD vositalari bo'yicha bitimining maqsadi har qanday aktivga jismoniy egalik qilish emas, balki bozor narxi qiymatining o'zgarishidan foyda olish. Bunday bitimni amalga oshirish uchun faqatgina kerakli garovni kiritish talab qiladi.
Mis uchun garov miqdori (marjinal talablar) bitimning nominal qiymatidan 4% ni tashkil qiladi, ya'ni: 8015$ * 4% = 320,6$.
HG - Copper (Mis) vositasi bo'yicha narxning minimal o'zgarishi (punkt o'lchami) = 0,0005$, ya'ni 0,05 sent. 0.1 lot (2500 funt) miqdorida mis sotib olinganda, narxning 100 punktga (1 sentga) oshishi, bizga 25$ foyda keltiradi.
Shunday qilib, mis 0,1 lot bilan sotib olinganda, 10 punktga o'sish 2,5$, 100 punktga o'sish esa 25$ foyda beradi.
Demak, 0,1 lotdagi misni 3.2060$ ga sotib olib, uni, aytaylik, 3.2160$ ga sotish orqali treyder 1 funt uchun 3.2160 – 3.2060 = 0,01$ foyda oladi. 0.1 lot - 2500 funt bo'lganligi uchun JAMI FOYDA 0,01$ * 2500 = 25$ ni tashkil etadi.
Platina
Platina bo'yicha 1 lot hajmda, 1 troya unsiyasi uchun 1388 $ narxda bitim ochilgan. Bitim parametrlari jadvalda ko'rsatilgan:
Tiker | 1 ta Lot hajmi | Garov, $ (marja, %) | Punkt qiymati | Tik hajmi | 1 ta lot uchun punkt narxi, $ | Spred | +/- 100 punkt, $ |
---|---|---|---|---|---|---|---|
PL | 50 tr. unsiyasi | 2776 $ (4%) | 0.1 | 0.1 | 5 | 7 dan boshlab | +/- 500 |
PL - Platinum (Platina) vositasi bo'yicha bitim tuzish misoli.
Treyder PL - Platinum (Platina) bo'yicha 0.1 lot hajmda, 1 troya unsiyasi uchun 1388$ narxda sotib olish bitimini amalga oshirmoqchi.
Standart lotning hajmi 50 tr. unsiyasini tashkil etadi. Agar 0,1 hajmdagi lot sotib olinsa, bitim hajmi 5 tr. unsiyasini tashkil qiladi.
5 tr. unsiya platinaning nominal narxi: 1388$ * 5 = 6940$ ni tashkil etadi. Bu, treyderga joriy bozor narxida 5 unsiya platinani jismoniy sotib olish uchun kerak bo'ladigan miqdor. CFD vositalari bilan savdo qilishning afzalligi shundaki, treyder o'zi savdo qilayotgan tovarning to'liq narxini to'lashi shart emas. CFD vositalari bo'yicha bitimining maqsadi har qanday aktivga jismoniy egalik qilish emas, balki bozor narxi qiymatining o'zgarishidan foyda olish. Bunday bitimni amalga oshirish uchun faqatgina kerakli garovni kiritish talab qiladi.
Platina uchun garov miqdori (marjinal talablar) bitimning nominal qiymatidan 4% ni tashkil qiladi, ya'ni: 6940$ * 4% = 277,6$.
Narxning minimal o'zgarishi (punkt o'lchami) PL – Platinum (Platina) vositasi bo'yicha = 0,1$, ya'ni 10 sent. 0.1 lot (5 tr. unsiyasi) miqdorida platina sotib olinganda, narxning 1$ ga oshishi, bizga 0.1 * 10 * 5 = 5$ foyda keltiradi.
Shunday qilib, platina 0,1 lot bilan sotib olinganda, 10 punktga o'sish 5$, 100 punktga o'sish esa 50$ foyda keltiradi.
Demak, 0,1 lotdagi platinani 1388$ ga sotib olib, uni, aytaylik, 1400$ ga sotish orqali treyder 1 unsiya uchun 1400 – 1388 = 12$ foyda oladi. 0.1 lot - 5 unsiya bo'lganligi uchun JAMI FOYDA 12$ * 5 = 60$ ni tashkil etadi.
Palladiy
Palladiy bo'yicha 1 lot hajmda, 1 troya unsiyasi uchun 715 $ narxda bitim ochilgan. Bitim parametrlari jadvalda ko'rsatilgan:
Tiker | 1 ta Lot hajmi | Garov, $ (marja, %) | Punkt qiymati | Tik hajmi | 1 ta lot uchun punkt narxi, $ | Spred | +/- 100 punkt, $ |
---|---|---|---|---|---|---|---|
РА | 100 tr. unsiyasi | 2860 $ (4%) | 0.01 | 0.05 | 1 | 35 dan boshlab | +/- 100 |
PA - Palladium (Palladiy) vositasi bo'yicha bitim tuzish misoli.
Treyder PA - Palladium (Palladiy) bo'yicha 0.1 lot hajmda, 1 troya unsiyasi uchun 715$ narxda sotib olish bitimini amalga oshirmoqchi.
Standart lotning hajmi 100 tr. unsiyasini tashkil etadi. Agar 0,1 hajmdagi lot sotib olinsa, bitim hajmi 10 tr. unsiyasini tashkil qiladi.
10 tr. unsiya palladiyning nominal narxi: 715$ * 10 = 7150$. Bu, treyderga joriy bozor narxida 10 unsiya palladiyni jismoniy sotib olish uchun kerak bo'ladigan miqdor. CFD vositalari bilan savdo qilishning afzalligi shundaki, treyder o'zi savdo qilayotgan tovarning to'liq narxini to'lashi shart emas. CFD vositalari bo'yicha bitimining maqsadi har qanday aktivga jismoniy egalik qilish emas, balki bozor narxi qiymatining o'zgarishidan foyda olish. Bunday bitimni amalga oshirish uchun faqatgina kerakli garovni kiritish talab qiladi.
Palladiy uchun garov miqdori (marjinal talablar) bitimning nominal qiymatidan 4% ni tashkil qiladi, ya'ni: 7150$ * 4% = 286$.
Narxning minimal o'zgarishi (punkt o'lchami) PA - Palladium (Palladiy) vositasi bo'yicha = 0,05$, ya'ni 5 sent. 0.1 lot (10 tr. unsiyasi) miqdorida palladiy sotib olinganda, narxning 1$ ga oshishi, bizga 10$ foyda keltiradi.
Shunday qilib, palladiyni 0,1 lot bilan sotib olinganda, 10 punktga o'sish 1$, 100 punktga o'sish esa 10$ foyda beradi.
Demak, 0,1 lotdagi palladiyni 715$ ga sotib olib, uni, aytaylik, 725$ ga sotish orqali treyder bir unsiya uchun 725 – 715 = 10$ foyda oladi. 0.1 lot - 10 troya unsiyasi bo'lganligi uchun JAMI FOYDA 10$ * 10 = 100$ ni tashkil etadi.