Sodiqlik dasturi statuslarini belgilash qoidalari

Sodiqlik dasturi yuqori savdo faolligi, hamda savdo operatsiyalarida yirik aylanmalarga ega mijozlarga yanada qulay sharoitlarni ta'minlashga qaratilgan. Taqdim etiladigan sharoitlar mijozning statusi asosida aniqlanadi. 

Statusni qanday olish mumkin

Status quyidagilar asosida aniqlanadi:

  • Mijozning hisoblaridagi jami qoldiq mablag'lar yoki
  • Bir kalendar oyidagi savdo operatsiyalari aylanmasi

Status quyidagi hollarda taqdim etiladi:

  • Mijoz hisobi to'ldirilgandan so'ng yoki
  • Oyning istalgan kuni 21:00 GMT da (Grinvich vaqti bilan).

Statusning amal qilishi

Status berilgan oydan so'ng keladigan kalendar oyining oxirigacha status muddati amal qiladi.

Status taqdim etilgan oydan keyingi keladigan kalendar oyining oxirgi kunida quyidagilarga ko'ra, status uzaytirilishi, ko'tarilishi yoki pasaytirilishi mumkin:   

  • Mijozning hisoblaridagi jami qoldiq mablag'lar yoki
  • Joriy oydagi savdo operatsiyalari aylanmasi.

Misollar

Hisobni to'ldirganda status olish

Siz iyun o'rtasida hisobingizni yuqoriroq status olishga yetadigan summaga to'ldirdingiz. Pul mablag'lari tushganidan bir necha daqiqa o'tib, sizga ushbu status taqdim etiladi. Yangi status sizda iyulning oxirigacha saqlanib qoladi, hattoki sizning hisoblaringizdagi jami qoldiq kamaygan taqdirda ham.

Savdo operatsiyalari bo'yicha aylanma asosida status olish

Agar siz faol treyder bo'lsangiz va 20-fevral kuni ertalab sizning savdo aylanmangiz yuqoriroq statusga ega bo'lish uchun kerakli darajaga yetgan bo'lsa, o'sha kuni 21:00 GMT da sizga yangi status beriladi, hattoki sizning hisoblaringizdagi jami qoldiq joriy statusning minimal chegarasidan kam bo'lsa ham. Yangi status sizda keyingi oyning oxirigacha saqlanib qoladi.

Hisoblardagi qoldiqlar asosida status muddatini uzaytirish

Faraz qilamizki, sizning statusingiz Gold, lekin sizning savdo operatsiyalari bo'yicha aylanmalaringiz statusingizni ko'tarish uchun yetarli emas. Shunday bo'lsa ham, oyning oxirgi kunida sizning hisoblaringizdagi jami qoldiq miqdori joriy statusingiz doirasida qoldi. Bunday holatda sizning Gold statusingiz amal qilish muddati keyingi oyning oxirigacha uzaytiriladi. 

Savdo operatsiyalari bo'yicha aylanma asosida status muddatini uzaytirish

Faraz qilamizki, sizning statusingiz Gold, siz butun oy davomida faol savdo qildingiz va sizning savdo aylanmangiz Gold statusi uchun kerakli darajaga yetdi. Sizning savdoingiz muvaffaqiyatli bo'ldi va siz o'z hisobingizdan mablag'larning bir qismini yechib olishga qaror qildingiz, buning natijasida hisoblaringizdagi umumiy qoldiq Gold statusi minimal chegarasidan pastga tushdi. Bunday holatda, kalendar oyining oxirida sizning Gold statusingiz savdo operatsiyalari bo'yicha aylanmangiz asosida keyingi oyning oxirigacha uzaytiriladi.

Statusni pasaytirish

Aytaylik, sizning statusingiz Platinum, lekin ayrim sabablarga ko'ra joriy oyda faol savdo qila olmadingiz va savdo operatsiyalari bo'yicha aylanma faqat Silver statusiga yetarli. Hisoblaringizdagi jami qoldiq Gold statusiga mos keladi. Bu holatda, joriy oyning oxirgi kuni 21:00 GMT da sizga keyingi oyning oxirigacha Gold statusi beriladi.

Statusni hisoblash uchun MetaTrader 4, MetaTrader 5, Libertex hisoblaridagi balanslar va savdo aylanmalari hisobga olinadi. Statusni hisoblashda Libertex Portfolio hisoblari ishtirok etmaydi.