Neft va gaz

Oil barrel

Dunyo neft bozori o'yinchilariga butun boshli davlatlar, kompaniyalar, treyderlar va hattoki har kuni o'z avtomobiliga yoqilg'i quyadigan oddiy avtomobil egalari ham kiradi. Asosiy energiya manbasi sifatida uglevodorodlardan foydalanib asos solingan zamonaviy sivilizatsiya doimiy neft va gaz ta'minotiga juda ham qaram hisoblanadi va shuning uchun ta'minotchilarga ta'sir ko'rsatadigan istalgan tabiiy, siyosiy va iqtisodiy xarakterga ega hodisalar kotirovkalarning darhol o'zgarishiga olib keladi. Biz sizga energiya narxlarining o'zgarishi bo'yicha narxlar orasidagi farq bo'yicha kontrakt (CFD) orqali pul ishlashni taklif qilamiz. Bu esa, xom ashyo yetkazib bermasdan turib, neft va gaz narxlarining tebranishidan foyda olish imkonini beradi.

Energiya bozorining xususiyatlari:

  • Ko'plab faktorlar narxga ta'sir qilishi sababli doimiy o'zgarib turadigan kotirovkalar doimiy foyda olish potensialini ta'minlaydi.
  • Neft bilan savdo qilish o'z ish grafikiga ega aniq bir birjalarga berilgan.
  • Energiya bozori - bu muddatli bozor hisoblanadi, ya'ni u yerda ma'lum bir amal qilish muddati bo'lgan shartnomalar sotiladi.
 

Bitimga misol

Neft - bu qisqa muddatli savdoga ixtisoslashgan bo'lib, treyderlar uchun eng ma'qul ko'riladigan aktivlardan biri hisoblanadi. Neft narxlaridagi o'rtacha tebranishlar asosiy valyuta juftliklari va oltin narxlarining o'rtacha o'zgarishlariga qaraganda taxminan 2-4 marta yuqori.

 

Shu bilan birga, ushbu vosita bo'yicha savdo qilish uzoq muddatli bitimlarni reja qilayotgan treyderlar uchun ham qiziqarli hisoblanadi.

 

Bir kun davomida neft narxlarining o'zgarishi $2-10/bbls gacha yetishi mumkin.

 

Qisqa muddatli savdoda (o'rtacha o'zgarishlarni hisobga olib) 0.1 lot (100 bbls) hajmidagi operatsiyalarni amalga oshirish orqali bir sutkalik foyda potensiali taxminan $200 - 1000 ni tashkil etadi. 100 ta neft barreli kontrakti bilan ishlash uchun treyderning hisobida uning hozirgi bozor narxining 1% idan kam bo'lmagan mablag' bo'lishi kerak. Misol uchun, sotib olish yoki sotish bo'yicha bitimni tuzish narxi $75/bbls bo'lganda, treyder kamida minimum $75 kapitalga ega bo'lishi kerak. Neft bo'yicha 0.1 lot hajmdagi operatsiyalar bilan qulay ishlash uchun tavsiya etiladigan kapital - $1 500 va unda yuqori.